AsosiyDunyo

​ MOSKVADA XALQARO MUShAKBOZLIK FESTIVALI BO`LIB O`TDI

'​ MOSKVADA XALQARO MUShAKBOZLIK FESTIVALI BO`LIB O`TDI'ning rasmi
Rossiya poytaxti Moskvada xalqaro mushakbozlik festivali bo`lib o`tdi, deya xabar berdi “1tv.ru”.

“Rostex” korporasiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Evropaning 8 ta davlati, Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari jamoalari ishtirok etdi.

Ularning har biri 10 daqiqalik taqdimot namoyishini o`tkazishdi. Osmonni yoritgan o`n minglab mushaklar tomoshabinlar zavqini yanada oshirdi.

G`oliblikni rossiyaliklar qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rin Xoravatiyaga nasib etdi, uchinchi o`rinda esa Ruminiya. Xitoyliklarning namoyishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi.



    Boshqa yangiliklar