AsosiySport

O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI ROSSIYaDA YIG`IN O`TKAZADI

'O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI ROSSIYaDA YIG`IN O`TKAZADI'ning rasmi

Futzal bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 24-31 avgust kunlari Rossiyada bir haftalik yig`in o`tkazadi. O`quv-mashg`ulot yig`ini Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo`lib o`tadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig`in doirasida Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi nazorat o`yinlari o`tkaziladi. Terma jamoamiz delegasiyasi Rossiyaga 24 avgustda uchib ketadi.

Nazorat o`yinlari
25.08.2017
"Viz-Sinara" - O`zbekiston

26.08.2017
"Viz-Sinara" - O`zbekiston

29.08.2017
"Zik-Urfu" - O`zbekiston

30.08.2017
"Zik-Urfu" - O`zbekiston

Bo`lajak yig`in O`zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo`lib o`tadigan 2017 yilgi Osiyo o`yinlari va futzal bo`yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.

Ma`lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o`yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o`tkaziladi.

Shu o`rinda terma jamoamiz Ekaterinburgda nazorat o`yinlari o`tkazadigan klublar haqida qisqacha ma`lumot berib o`tamiz.

"Viz-Sinara"

Ekaterinburg shahri sharafini himoya qiladigan "Viz-Sinara" Rossiyaning mashhur klublaridan biri hisoblanadi. Klub 1992 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda Rossiya Superligasida ishtirok etadi. Jami 11 marotaba mavsumni sovrinli o`rinlarda yakunlagan, 2008-2009 va 2009-2010 yilgi mavsumlarda Rossiya chempioni bo`lgan. Shuningdek, "Viz-Sinara" 2007-2008 yilgi mavsumda futzal bo`yicha UEFA kubogi finalida Ispaniyaning "El-Poso" jamoasini mag`lub etib bosh sovrinni qo`lga kiritgan. Shuningdek, 2007 yil Rossiya kubogi, 1998 yilda Oliy liga kubogini qo`lga kiritgan.

"Viz-Sinara" o`zining akademiyasi bilan ham mashhur hisoblanadi. "Zik-Urfu" esa Rossiya Oliy ligasida ishtirok etadi, jamoa Superligaga chiqish uchun harakat qilmoqda.

Boshqa yangiliklar