AQShning Kentukki shtatida Quyosh tutilishini tomosha qilayotgan odamlarni avtomobil bosib ketdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Hodisa oqibatida bir kishi halok bo`ldi, ikki kishi jabrlandi. Polisiya voqea tafsilotlarini o`rganmoqda.
Kentukki shtatining Xiden shahrida yashovchi 38 yoshli Alissa Nobl avtomobil boshqaruvini yo`qotib, piyodalar yo`lakchasiga chiqib ketdi va Quyosh tutilishini tomosha qilayotgan odamlarni bosib ketdi. Piyodalardan biri voqea joyida halok bo`ldi, ikki kishi kasalxonaga yotqizildi.






