Forbes jurnali amerikalik aktyor Mark Uolberg 2017 yilning eng qimmat haq olgan aktyori ekanligini ma`lum qildi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.
Aktyorlarning to`liq ro`yxat 22 avgust kuni nashrning saytida e`lon qilindi. Uolberg bir davomida 68 million dollar ishlab topdi. Mazkur miqdorning asosiy qismini aktyor “Salom, dada, salom Yangi yil!” va “Transformerlar: So`nggi risar” filmlaridagi rollari uchun olgan.
“Malibu qutqaruvchilari”, “Jumanji” filmlari va “Futbolchilar” serialidagi rollari uchun 65 million dollar olgan, Qoya laqabli aktyor Dueyn Jonson ikkinchi o`rinni egalladi.
Uchinchi o`rin 54,5 million dollar bilan Vin Dizelga nasib qildi. “Forsaj”, “Uch iks” va “Galaktika qo`riqchilari” filmlari orqali u yuqoridagi mablag`ga ega bo`ldi.
Birinchi o`ntalikka Adam Sendler (50,5 million dollar), Jeki Chan (49 million dollar), Kenja Robert Dauni (48 million dollar), Tom Kruz (43 million dollar) va uch nafar Bollivud aktyorlari — Shohrux Xon (38 million dollar), Salmon Xon (37 million dollar) va Akshay Kumar (35,5 million dollar) kiritildi .
Eslatib o`tamiz, 16 avgust kuni Forbes 28 yoshli Emma Stounni 2017 yilning eng qimmat aktrisasi, deb e`lon qilgan edi. U yil davomida 26 million dollar ishlab topgan.






