Madridning “Real” klubi Krishtianu Ronalduning 5 o`yinlik diskvalifikasiyasini qisqartirishni uddalay olmadi. Ispaniya sport ishlari bo`yo`icha arbitraj sudi (TAD) madridliklarning appelyasiyasiga rad javobini qaytargan va qarorni o`z kuchida qoldirdi.
Eslatib o`tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya Superkubogi doirasida “Barselona”ga qarshi uchrashuv (3:1) da chetlatilganidan so`ng markaziy hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgandi.
5 o`yinga chetlatilgan portugaliyalik futbolchi Ispaniya Superkubogining “Barselona”ga qarshi javob uchrashuvi (2:0) va Ispaniya chempionatining 1-turidan o`rin olgan “Deportivo”ga qarshi uchrashuvi (3:0) ni o`tkazib yubordi.
Bundan tashqari Ronaldu yana “Valensiya”, “Levante” va “Real Sosedad” jamoalariga qarshi uchrashuvlarda “Real”ga yordam bera olmaydi.