“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Arbitraj sudining 5 uchrashuvdan iborat diskvalifikasiyani o`z kuchida qoldirgani borasidagi qaroriga munosabat bildirib o`tdi.
“Yana bir noto`g`ri qaror. Adolatsizlik hech qachon meni yiqita olmaydi. Har doimgidek men yanada kuchliroq bo`lib ortga qaytaman.
Meni qo`llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytmoqchiman”, – deb yozgan Ronaldu o`zining tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o`tamiz, 32 yoshli hujumchi Ispaniya Superkubogining «Barselona»ga qarshi birinchi uchrashuvida (3:1) chetlatilgani uchun bosh hakam Rikardo Bengoecheani turtib yuborgan va shu jazoga loyiq ko`rilgandi.