«O`zbektelekom» ISO 9001:2009 xalqaro standartga muvofiqlik sertifikatini oldi

Hi-tech 20.11.2013, 18:40
«O`zbektelekom» ISO 9001:2009 xalqaro standartga muvofiqlik sertifikatini oldi
Kuni kecha «O`zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasiga sertifikasiya auditi natijalariga ko`ra O`z DSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008) xalqaro standartga muvofiqlik sertifikati topshirildi. 

Bugungi kunda muvaffaqiyatning sharti menejmentning samarali tizimlarini joriy etish, ularga muvofiqlik sertifikatlari esa tashkilotlar va korxonalar uchun iste`molchilar tomonidan ishonchning asosiy omillaridan biri, tender va tanlovlarda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan hamkorlikning zarur sharti hisoblanadi. Sifat menejmenti tizimini joriy etish Kompaniyaning butun tuzilmasi bo`yicha ishchilarning javobgarliklari aniq taqsimlangan va hujjatlashtirilgan tartibni aniqlashga imkon beradi. Bu o`z navbatida xodimlarni boshqarish, ularning mas`uliyatlilik va javobgarlik sifatlarini oshirishni ta`minlaydi, marketing rivojlanishiga, taqdim etiladigan xizmatlar sifati yaxshilanishi va ko`lami kengayishiga yordam beradi, shuningdek, korxona imijini ta`minlaydi, bu esa telekommunikasiya xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta`minlash uchun juda muhim hisoblanadi. Sifat menejmenti tizimi sertifikati kuchli marketing vositasi bo`lib, taqdim etiladigan telekommunikasiya xizmatlarini iste`molchilargacha etkazib berish haqidagi axborotlar eng qisqa yo`li hisoblanadi. «O`zbektelekom» AK muvaffaqiyatli faoliyati uchun O`z DSt ISO 9001:2009 (ISO 9001:2008) xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilgan, rasmiy hujjatlashtirilgan va ishchi holatida ta`minlanib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1