AsosiyDunyo

​14 YIL ILGARI O`LGAN DEB HISOBLANGAN QIZ SOG`-SALOMAT OTA-ONASINING BAG`RIGA QAYTDI

'​14 YIL ILGARI O`LGAN DEB HISOBLANGAN QIZ SOG`-SALOMAT OTA-ONASINING BAG`RIGA QAYTDI'ning rasmi

Qozog`istonning Oqmola viloyatida yashovchi Beysenovlar oilasining bundan 14 yil ilgari olamdan o`tgan, deb o`ylagan qizlari sog`-salomat bag`rilariga qaytdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Qizning onasi To`lqin Beysenovaning aytishicha, bundan 14 yil ilgari Kokshetau tug`ruqxonasida uning ko`zi yorigan. Tug`ruq jarayoni og`ir kechgan. Ayol etti oylik qizchani dunyoga keltirgan. To`lqin Beysenova o`ziga kelganda shifokorlar unga qizchaning vafot etganligini ma`lum qilishgan. O`sha paytda qizchaning og`irligi bor-yo`g`i bir kilogramm bo`lgan. “Kasallik varaqasining ko`chirmasida bolaning o`limi haqida hech nima yozilmagan edi. Mendan birorta qog`ozga qo`l qo`yish ham talab qilinmadi”, deb eslaydi ayol. Shundan keyin ayol yana uch farzand ko`rdi. Biroq oradan 14 yil o`tgach, bolalar uyidan unga qo`ng`iroq qilib, qizi tirikligini ma`lum qilishdi.

Ayol turmush o`rtog`i bilan qizini bolalar uyidan olib keldi. “Men ota-onam, uka-singillarim borligini shu paytgacha bilmagan edim”, deydi bolalar uyidan olib kelingan Baxit. Ayni paytda To`lqin Beysenova shifokorlarni sudga berishni rejalashtirdi. “14 yil ota-onasiz, yaqinlaridan yiroqda yashagan qizimning taqdiri uchun kimdir javob berishi kerak-ku...” dedi ayol.


    Boshqa yangiliklar