Kolumbiyaning Loro shahri suv ostida qoldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Bir haftadan beri tinmagan yomg`ir shaharni suv ostida qoldirdi. Suv toshqini oqibatida 800 nafar oila mahalliy hukumat tomonidan evakuasiya qilindi.
So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat tufayli 3 ming kishi jabrlandi. Yuzlab uylar vayron bo`ldi. Qutqaruv tadbirlarida harbiylar ham ishtirok etmoqda. Sinoptiklarning ma`lumot berishicha, o`tgan haftada ham yog`ingarchilik tinmaydi.






