AsosiyDunyo

​OAV: MEKSIKADA BIR YIL MOBAYNIDA O`NINChI JURNALIST O`LDIRILDI

'​OAV: MEKSIKADA BIR YIL MOBAYNIDA O`NINChI JURNALIST O`LDIRILDI'ning rasmi

Meksikada Diario de Acayucan nashrining muxbiri Rios Vaskes o`ldirildi, u mazkur mamlakatda o`ldirilgan o`ninchi jurnalistdir, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, jurnalist Meksikaning g`arbiy qismidagi Verakrus shtatida seshanba kuni otib o`ldirilgan. Jurnalist bilan birga yana ikki nafar odam otib o`ldirilgan, biroq prokuratura bu haqda qo`shimcha ma`lumot bermadi.

Avgust oyining boshida Quyi Kaliforniya shtatidagi Rosarito shahrida CNR kanali telemuxbiri Luchano Rivera otib o`ldirilgan bo`lsa, undan sal ilgari o`g`irlab ketilgan Salvador Adamning yoqib yuborilgan jasadi qoldiqlari topilgan edi.

Sinaloa shtatidagi Kulikan shahrida giyohvandlikka oid mavzularni yoritgan Xaver Valdes ham o`ldirilgan. Chiuaua shtatida nufuzli Jornada nashrining muxbiri Miroslava Brichning o`limi ham katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan edi.

2000 yildan beri Meksikada 120 nafar OAV xodimi o`ldirilgan, ularning 20 nafari bedarak yo`qolgan, OAV xodimlariga 50 marotaba hujum uyushtirilganligi rasman qayd etilgan.


    Boshqa yangiliklar