Saudiya Arabistoni polisiyasi Jidda shahar ko`chalarining birida 1990 yillarda mashhur bo`lgan “Makarena” nomli qo`shiqqa raqsga tushgan 14 yoshli o`smirni qamoqqa oldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
O`smirning raqsi aks etgan videorolik ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo`ldi. Polisiyachilar o`smirni ogohlantirib, qo`yib yuborishdi. O`smirning millati va ismi-sharifi oshkor etilmadi.
“Makarena” qo`shig`i Saudiya Arabistonida rasman taqiqlangan. Mahalliy hukumat vakillarining so`zlariga qaraganda, u giyohvandlik moddasi iste`mol qilishni targ`ib qilar ekan.






