1

BIR TUShNI BIR NEChA BOR KO`RIShNING SABABI

Hidoyat sari 24.08.2017, 09:41
BIR TUShNI BIR NEChA BOR KO`RIShNING SABABI

Ko`rgan tushlarim ko`pincha o`ngidan keladi. Bir tushni yana bir necha marta ko`raman. Buning sababi nima?

— Abdulloh ibn Mas`ud (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: «Tush uch xil bo`lib, birinchisi, Alloh taolodan mo`minlarga bashorat. U rahmoniy deyiladi. Ikkinchisi, shayton vasvasasi bo`lib, shaytoniy deyiladi. Uchinchisi esa, ma`nosiz xayollardan iboratdir».

O`ngidan keladigan tushlar haqida Binoyi deydi: «Alloh taolo Lavhul Mahfuzda bir farishtani muakkil qilib qo`ygan. U banda haqidagi har yaxshi va yomon ishni tush orqali ma`lum qiladi. Agar tushida yaxshi ish bo`lsa, shukr qiladi. U farishtaning nomini Malakurro`yo derlar».

Demak, tush bois biror yaxshi ish haqida xabar topilsa, shukr qilish zarur ekan.

«So`ragan edingiz…» kitobidan olindi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1