Beloruslik erkak Minsk shahri yaqinida odamning yuragiga vahima soluvchi uy qurdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Qo`rquvning sababi uyning tomi inson bosh chanoqlariga o`xshash material bilan yopilgan bo`lib, uy devorlari orasidan inson qo`llari chiqib turadi, bundan tashqari uy bezagida jin va shaytonlarni ham uchratish mumkin. Mahalliy aholi dahshatli uy qurgan erkakning ustidan mahalliy hukumat vakillariga arz qilishdi, biroq uy xususiy bo`lgani uchun ularning qo`lidan ham hech nima kelmadi.