AQSh prezidenti Donald Tramp ma`muriyati 4 ta davlat fuqarolariga viza berish bo`yicha cheklovlarni joriy qilishni rejalashtirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Bu boradagi taklif AQSh Davlat departamentiga ko`rib chiqish uchun taqdim etilgan.
Bu cheklovlarni Vashington bilan deportasiya sohasida hamkorlik qilishni rad etib kelayotgan, AQShdan chiqarib yuborilganlarni qabul qilmayotgan yoki ushbu jarayon muddatlarini cho`zib kelayotgan davlatlarga nisbatan qo`llash rejalashtirilmoqda.
"Bugungi kunda Bosh kotib ushbu davlat vakillari bilan muzokaralar o`tkazmoqda. Bizning talablarimizga bo`ysunib, o`z fuqarolarini olib ketishlarini istaymiz" — deb ta`kidladi Davlat departamenti vakili.
Shuningdek, The Washington Times ma`lumotlariga ko`ra, bu Kambodja, Eritreya, Gvineya va Serra-Leon davlatlari haqida fikr bildirilmoqda.
AQShda noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish Trampning saylov oldidan berilgan asosiy va`dalarida biri hisoblanadi. Tramp prezidentlik lavozimiga saylangandan beri AQShdan 167 ming noqonuniy xorijiy migrantlar chiqarib yuborilgan. Ular asosan Meksika fuqarolari bo`lgan.
Eslatib o`tamiz, bir kun avval AQSh hukumati rossiyaliklarga migrasiya vizalarni berishni to`xtatgan edi. Bu jarayon 1 sentyabrdan qayta tiklanadi. Ammo endilikda vizalarni faqat Moskvada AQSh elchixonasida olish mumkin bo`ladi. Ilgari vizalarni AQShning Sankt-Peterburg, Ekaterinburg va Vladivostokdagi konsullik vakolatxonalari tomonidan olish mumkin edi.






