Italiyaning Abrusso provinsiyasidagi San sebastyano shahrida Avliyo Sebastyan sharafiga o`tkazilgan tabirga ayiq tashrif buyurdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Shahar aholisi va mehmonlari maymoqning tashrifidan jabrlanmadi. 20 avgust kuni o`tkazilgan Avliyo Sebastyan sharafiga o`tkazilgan bayramda ko`cha odamlarga to`la edi. Bayram avj olgan vaqtda shahar yaqinida joylashgan milliy parkdan Amarena laqabli ayiq shaharga yo`l oldi.
Ayiq odamlar yashaydigan kvartaldagi tor ko`chalardan yugurib o`tib, o`tkinchilarning o`takasini yorgan holda yo`lida davom etdi.