Xitoyning janubiy qismida joylashgan Yunnan provinsiyasidagi Syuyszin shahar okrugida mikroavtobusning YTHga uchrashi oqibatida 5 kishi halok bo`ldi, 21 kishi jabrlandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
YTH juma kuni mahalliy vaqt bilan 06.30 da ro`y berdi. Barcha jabrlanganlar yaqin o`rtadagi kasalxonaga yotqizilib, ularga tibbiy yordam ko`rsatildi. Hozircha YTH sababi aniq emas, tergov ishlari olib borilmoqda.






