AsosiyDunyo

​TAILAND OLIY SUDI MAMLAKAT SOBIQ BOSh VAZIRI YINGLAK ChINAVATNI QAMAShGA ORDER BERDI

'​TAILAND OLIY SUDI MAMLAKAT SOBIQ BOSh VAZIRI YINGLAK ChINAVATNI QAMAShGA ORDER BERDI'ning rasmi

Tailand Oliy sudi mamlakatning sobiq bosh vaziri Yinglak Chinavatning o`z ishiga sovuqqonlik bilan qaragani, ko`ra-bila turib, korrupsiyaga yo`l qo`yganligi yuzasidan chiqarilgan hukmni eshitishni 27 sentyabrga qoldirib, juma kuni tayinlangan sudga kelmaganligi sababli uni qamoqqa olish to`g`risida order berdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Chinavat qulog`i og`riyotganligini, sudga borolmasligini sud boshlanashidan bir necha daqiqa ilgari ogohlantirdi. Sud esa undan sog`lig`i to`g`risida tibbiy ma`lumotnoma taqdim etishni talab qildi. Sobiq bosh vazir haqiqatan ham kasal bo`lganligini isbotlay olsa, qamoqqa olish to`g`risidagi order bekor qilinadi.

Agar sobiq bosh vazirning aybi isbotlanadigan bo`lsa, u 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Chinavatning o`zi aybini tan olmadi. Uning tarafdorlari esa mazkur ishda sobiq bosh vazirning siyosiy raqiblarining qo`li bor, deb hisoblamoqda.

    Boshqa yangiliklar