AQShda Powerball lotereyasi tashkilotchilari navbatdagi yutuq egasini e`lon qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.
AQShning Massachusets shtatida yashovchi, oddiy hamshira Mevis Uonchik 758,7 million dollar miqdordagi jekpot egasiga aylandi.Amerikada lotereya yutug`iga ega bo`lgan shaxs mazkur yutuqni to`liq ololmaydi. U yuqori — 39,6 foiz miqdorida daromad solig`i to`lashi lozim. Uonchikning yutuqni olish uchun ikki yo`l mavjud: u har yili soliqni to`lash orqali 30 yil davomida yoki birdaniga 480,5 millionni olishi mumkin.
G`oliblarning aksariyat qismi ikkinchi yo`lni tanlaydi.
Taqqoslash uchun: AQShda uyning kvadrat metri 300 ming dollarni, yangi avtomashina o`rta hisobda 35 ming dollarni, Garvardda o`qish va yashash yiliga 65 ming dollarni tashkil qiladi.