Janubiy Koreya sudi Samsung kompaniyasining vise-prezidenti va rahbari bo`lgan Li Chje Yonni 5 yilga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi, deb xabar qildi Tjournal.ru nashri.
Janubiy Koreya sudi Samsung korporasiyasining rahbari Li Chje Yonni ko`p millionli pora berib, sotib olishda aybladi.
Xabar qilinishicha, Li Chje Yon mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening dugonasiga pora berganini tan olgan. Bu uning yordamidan foydalanish maqsadida amalga oshirilgan.
Tergov taxminiga ko`ra, sobiq prezidentning dugonasi Chxve Sun Sil Li Chje Yondan 38 million dollar miqdorida pora olgan. Bu esa unga korporasiya ichidagi mavqeini mustahkamlashga imkon bergan.
Jazo hukmi avgust oxirida chiqarilishi kerak. Li Chje En 2017 yilning fevral oyidan beri turmada saqlanmoqda. Sudda u "Men hech qachon birovdan, jumladan prezidentdan kompaniya yoki o`zim uchun biror naf so`ramaganman", deb aytgan.






