AsosiySport

O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI QIRG`IZISTONNI MAG`LUBIYaTGA UChRATDI

'O`ZBEKISTON TERMA JAMOASI QIRG`IZISTONNI MAG`LUBIYaTGA UChRATDI 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so`nggi ikki o`yinidan oldin bugun, 25 avgust kuni Qirg`izistonga qarshi nazorat uchrashuvi o`tkazdi.

“Bunyodkor” stadionida bo`lib o`tgan bellashuvda Samvel Babayan shogirdlari 5:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida Sardor Rashidov hisobni ochgan bo`lsa, 43-daqiqada Igor Sergeev hisobni oshirdi.

Ikkinchi bo`lim yakunida O`zbekiston termasi yana uchta gol kiritdi. 84-daqiqaga kelib Sardor Mirzaev hisobni 3:0 ko`rinishiga olib keldi. Asosiy vaqtga qo`shib berilgan daqiqalarda esa Jaloliddin Masharipov va Aleksandr Geynrix bittadan gol urdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi doirasida 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs olib boradi.

Nazorat uchrashuvi
“Bunyodkor” stadioni
25 avgust, juma

O`zbekiston – Qirg`iziston 5:0

Gollar: Sardor Rashidov (9), Igor Sergeev (43), Sardor Mirzaev (84), Jaloliddin Masharipov (90+2), Aleksandr Geynrix (90+4)

Boshqa yangiliklar