AsosiySalomatlik

MANGO VA GREYPFRUTNING FOYDA VA ZARARI

'MANGO VA GREYPFRUTNING FOYDA VA ZARARI'ning rasmi

Mangoning vatani – Hindiston. Hindlar bu mevani juda ham yaxshi ko`rishadi va ko`plab etishtirishadi. Hindiston va Pokistonda mango milliy timsollardan biriga aylanib ulgurgan. Uni, shuningdek, hind mangiferasi deb ham atashadi.

Mango yil bo`yi yashil tusini yo`qotmaydigan daraxt bo`lib, oval shakldagi mevasining og`irligi 2 kilogacha etishi mumkin. Mevasining po`stlog`i yupqa, rangi esa qanchalik etilganligiga qarab yashil, sariq, qizg`ish bo`lishi mumkin.

YuRAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA QO`LLANILADI

Mango mevasi hind va boshqa Osiyo mamlakatlari tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatiladi. Masalan, Hindistonda undan qon ketishini to`xtatish, yurak mushaklarini mustahkamlash va miya faoliyatini yaxshilash maqsadida foydalanishadi.

DIAREYa VA QABZIYaTDA YoRDAM BERADI

Mango ichak ishini maromiga keltiradi, kuniga ikkita etilmagan mango iste`mol qilish diareya, qabziyat, bavosilda yordam beradi, safro dimlanishining oldini oladi, tomirlarning elastikligini oshiradi. Mangoda temir moddasi ko`p, shuning uchun anemiyada foydali.

Muntazam ravishda etilgan mango iste`mol qilish esa immunitetni mustahkamlaydi.

DIQQAT!

Bir kunda ikkitadan ortiq etilmagan mango eyish oshqozon-ichak yo`liga salbiy ta`sir qilishi, sanchiqlar paydo qilishi mumkin. Etilgan mangoni ko`p iste`mol qilish ichak faoliyatini buzib, qabziyatga olib keladi.

GREYPFRUT — BARBADOS MO``JIZASINING XUSUSIYaTLARI

Greypfrut birinchi marta 1650 yillarda Barbadosda topilgan. Hozirda ushbu meva «Barbadosning etti mo``jizasidan biri» hisoblanadi. Qizig`i, avvaliga greypfrutdan dekorativ o`simlik sifatida foydalanilgan. 1880 yildan keyin AQShda keng miqyosda etishtirila boshlandi.

APELSINNING "UKA"SI

Greypfrut ko`rinishidan apelsinga o`xshab ketadi, lekin uning eti nordonroq. Olimlarning fikricha, u apelsin va pomeloning chatishishidan hosil bo`lgan. Nomi esa inglizchadan olingan bo`lib, «uzum-meva» degan ma`noni bildiradi. Greypfrut mevalari g`uj bo`lib etilganidan shunday nom berilgan bo`lsa, ajabmas.

GREYPFRUT ShARBATI BILAN DORI QABUL QILMANG!

Greypfrut tarkibida shunday moddalar borki, u dorilar ta`sirini kuchaytirib yuborishi mumkin. Shuning uchun ham dorilarni greypfrut sharbati bilan qabul qilib bo`lmaydi.

OZISh ISTAGIDA BO`LSANGIZ...

Shuningdek, greypfrutda antioksidantlar bo`lib, xolesterinni kamaytiradi, demak, kuniga bitta ana shu mevadan tanovul qilsangiz, qondagi xolesterin me`yoriga keladi. Bu, ayniqsa, yurak ishemik kasalligi va qon aylanishi xastaliklariga chalingan bemorlar uchun foydalidir. 2006 yilda Quddus universiteti olimlari shunday xulosaga kelishdi: eti qizil greypfrutda sariq etlisiga nisbatan xolesterinni kamaytiradigan moddalar ko`proq bo`ladi.

Aytish kerakki, greypfrut sharbati oshqozon shirasi kislotaliligini oshiradi.

Greypfrut mevasi pallalari orasidagi yarim shaffof pardalarida narigin deb ataluvchi modda bo`lib, u hazm jarayonini tezlashtiradi. Shuning uchun ham ozishni istaganlar greypfrutli parhezdan foydalanishadi.

Internet materiallari asosida Sevara Nishonova tayyorladi

    Boshqa yangiliklar