AsosiyDunyo

​AQShNING TEXAS VA LUIZIANA ShTATLARI “XARVI” DOVULI PAYTIDA SUVGA G`ARQ BO`LIShI MUMKIN

'​AQShNING TEXAS VA LUIZIANA ShTATLARI “XARVI” DOVULI PAYTIDA SUVGA G`ARQ BO`LIShI MUMKIN'ning rasmi

“Xarvi” dovuli xavfli to`rtinchi darajaga ko`tarildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Shamolning tezligi soniyasiga 60 metrni tashkil qildi. U tez vaqtda Texas va Luizana shtatlariga etib keladi. Bir necha soat ilgari shtat aholisiga okean oldidan uzoqroqqa ketish tavsiya qilindi.

Harbiy havo kuchlarining ikkita bazasi shtatdan tashqariga ko`chirildi. Meksika ko`rfazidagi neft platformalaridan ishchilar olib chiqildi. Biroq aksariyat mahalliy aholi dovul besh kun bo`lishiga qaramay, uni uyda o`tkazish uchun xonadonlarini tark etishmadi. Odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini ko`p miqdorda sotib olgani uchun do`konlar bo`shab qoldi. Qirg`oqqa yaqin tumanlarda 900 millimetrgacha yog`ingarchilik kutilmoqda, bu bir metrni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar