AsosiyDunyo

AQSh IChKI IShLAR VAZIRINING QIZI TRAMPNI HAQORAT QILDI

'AQSh IChKI IShLAR VAZIRINING QIZI TRAMPNI HAQORAT QILDI 'ning rasmi

AQSh ichki ishlar vaziri Rayan Zinkening qizi Amerika prezidenti Donald Trampni qo`pol ravishda haqorat qildi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

“Bu odam lan`atga loyiq! Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamga siyosatni aralashtirmaslikka qanchalik harakat qilmay, buning iloji bo`lmadi. Faxriy sifatida shuni aytishim mumkinki, sen bir uyum axlatdan boshqa hech narsa emassan!”, deb yozdi Jennifer Detlefsen o`zining Instagram sahifasida. U Donald Trampning armiyadagi xizmatga doir cheklovlaridan norozi bo`ldi.

Mazkur post ijtimoiy tarmoqqa bundan bir oy ilgari joylashtirilganligiga qaramay, Amerika OAVlari armiya xizmatidagi yangi qonunlar e`lon qilingandan keyin postga e`tibor qaratdi.

    Boshqa yangiliklar