Krasnoyarsk o`lkasida xususiy pansionatdagi qariyalar uyida sodir bo`lgan yong`in oqibatida 4 kishi halok bo`ldi, 34 kishi evakuasiya qilindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Yong`in fakti bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Yong`in maydoni 250 kvadrat metrni tashkil qildi. “Jemchujina” nomli pansionatda mahalliy vaqt bilan 11:28 da yong`in ko`tarilgan.
Krasnoyarsk o`lkasining bosh tergov boshqarmasi tergov organlari tomonidan Rossiya JKning 238-moddasi, 3 qismi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat ko`rsatish) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi.






