AsosiyDunyo

XITOYDA KO`ChKI OQIBATIDA 37 KIShI BEDARAK YO`QOLDI

'XITOYDA KO`ChKI OQIBATIDA 37 KIShI BEDARAK YO`QOLDI'ning rasmi

Xitoyning janubiy-sharqiy qismidagi Guychjou provinsiyasida ro`y bergan tog` ko`chkisi oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 2 kishi jarohatlandi va 37 kishi bedarak yo`qoldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Nashrning xabar berishicha, 34 ta turar joy ko`chki tagida qolib ketgan. Tabiiy ofat joyida 81 nafar kishi qolmoqda. Hukumat organlari xabariga ko`ra, ushbu tabiiy ofat natijasida 765 ming dollarlik iqtisodiy zarar ko`rilgan.

Hozirgi vaqtda qutqaruvchilar tezkor qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar