AsosiyDunyo

TOJIKISTONDA MILLIY LIBOSDA YuRISh ShARTLIGI TO`G`RISIDA QONUN ChIQDI

'TOJIKISTONDA MILLIY LIBOSDA YuRISh ShARTLIGI TO`G`RISIDA QONUN ChIQDI'ning rasmi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon “Udumlar va an`analarni tartibga solish to`g`risida”gi qonunga milliy liboslarni kiyishni majbur qiluvchi tuzatishlar qiritish haqidagi farmonni imzoladi, deb xabar qildi Tengrinews.kz nashri.

Avvalroq Tojikiston fan va ta`lim vazirligi rasmiy saytida maktab o`quvchilari kiyimlariga talablar joyashtirilgandi. Ularga ko`ra, o`quvchi qizlarga maktabda hijobda, tor, yirtiq jinsi shimlarda, tor va kalta yubkalarda yurishlari, quloqlarining faqat bittasida bittadan ko`p zirak taqishlari, yorqin yoki ko`zga tashlanuvchi pardoz qilishlari taqiqlanadi. O`g`il bolalarga esa soqol qo`yish va sochlarni uzun qilib o`stirish, zirak, uzuk taqish, uzun tirnoqlar bilan yurish taqiqlab qo`yilgan, jinsi shimlarni faqat qish mavsumida kiyishga ruxsat berilgan.

Avvalroq bu tuzatishlar Tojikiston quyi palatasi tomondan qabul qilingandi. Tuzatmaga ko`ra, jismoniy va yuridik shaxslar milliy madaniyat jihatlariga amal qilishlari kerak, ya`ni davlat tilini bilishlari va milliy kiyimlarda yurishlari shart. Qonunning bu bandini buzganlik uchun jazo ko`zda tutilgan.

Mahalliy mutaxassislarning fikricha, bu tuzatma qabul qilinishi bilan hukumatning hijob kiyib yurishga qarshi kampaniyasi kuchaytiriladi. Biroq xotin-qizlar va oila ishlari qo`mitasida ta`kidlanishicha, mamlakatda hijob kiyib yurishga emas, balki tojiklarning milliy madaniyati va diniga zid bo`lgan yot liboslar va “yarim yalang`och” kiyimlarni kiyishga qarshi kurash boshlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar