AsosiyDunyo

​MITXUN ChAKRABORTI AXLAT QUTIDAN TOPIB, ASRAB OLGAN QIZALOQ BUGUN GO`ZAL QIZGA AYLANDI (FOTO)

'​MITXUN ChAKRABORTI AXLAT QUTIDAN TOPIB, ASRAB OLGAN QIZALOQ BUGUN GO`ZAL QIZGA AYLANDI (FOTO)'ning rasmi

Bolalar bizga ato etilgan eng a`lo ne`matlardan biridir.

Ammo oramizda shunday insonlar borki, begunoh, g`amxo`rlikka muhtoj bolalarni taqdir hukmiga havola etib tashlab ketishadi. Biroq besh qo`l barobar emas, dunyoda bag`rikeng insonlar ham talaygina. Ular kimlardir tashlab ketgan go`daklarni asrab olib, mehr-muhabbat bilan parvarish qilishadi, voyaga etkazishadi.

Mashhur hind aktyori Mitxun Chakraborti ham ana shunday qalbi daryo insonlardan biridir. Aktyor tashlab ketilgan qizaloqni asrab olib, uning sevimli otasiga aylandi. Mitxun qizaloqni axlat qutidan topdi va o`ylanib o`tirmay, uni o`z qaramog`iga oldi. Qizchaga Dishani deb ism qo`yib, uni bor mehri ila voyaga etkazdi.

Mitxunning oila a`zolari ham qizaloqni quchoq ochib kutib oldi. Dishani uch akasi va onasi himoyasida katta bo`ldi, atrofidagi mehribonlari uning o`gayligini, asrandi ekanligini hech qachon yuziga solishmadi. Aksincha Dishanining hayotini quvonchga to`ldirishdi.

Ajoyib oila!


Dishani mana shunday chaqaloq bo`lgandi


U otasining malikasi


Uch aka uchun sevimli singil


Ota va qiz


Judayam go`zal qiz!


Zaplets.net nashri

    Boshqa yangiliklar