Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida joylashgan AQSh elchixonasi oldida ro`y bergan portlash oqibatida 1 kishi halok bo`ldi, 8 kishi yaralandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Hukumat vakili Vohid Majruhning ma`lumot berishicha, qurbonlar soni yanada ortishi mumkin. Portlash AQSh elchixonasi yonida joylashgan Kabul Bank bankiga kirish joyida sodir bo`ldi.






