Xitoyda tez yurar shosseda ikki yuk mashinasi ishtirokidagi YTH sodir bo`ldi, yuk mashinalaridan biriga ortilgan tarvuzlar esa yo`l bo`ylab sochildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Yo`l tarvuzlardan tozalangunga qadar mazkur avtotrassada avtomobillar harakati bir necha soatga to`xtatildi. YTH oqibatida 2 kishi halok bo`ldi. Voqea 28 avgust kuni Xunan provinsiyasidagi Chjuchjou shahri yaqinida Pekinni Gonkong va Makao bilan bog`lovchi yo`lda sodir bo`ldi.
Lyaonin provinsiyasidan yo`lga chiqqan yuk mashinasi noma`lum sabablarga ko`ra, yo`lni ajratib turuvchi barerga urilib, qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan va unda harakatlanayotgan boshqa bir yuk mashinasiga urilgan. To`qnashuv oqibatida har ikki yuk mashinasi yonib ketgan. Ulardan biriga ortilgan tarvuzlar esa yo`l bo`ylab sochilgan.
Qutqaruv xizmati tomonidan yong`in tezda o`chirilganligiga qaramay, yo`lni yorilgan tarvuzlardan tozalash uchun anchagina vaqt ketdi.