AsosiyDunyo

OLIMLAR ULKAN “DENGIZ AJDARI”NI TOPIShDI

'OLIMLAR ULKAN “DENGIZ AJDARI”NI TOPIShDI'ning rasmi

Germaniya va Buyuk Britaniya olimlaridan iborat guruh qadimiy dengiz jonivori hisoblangan ulkan “dengiz ajdari”ning toshga aylangan qoldiqlarini topdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Mazkur dengiz jonivori dinozavrlar bilan bir paytda yashagan. Ulkan dengiz kaltakesagi ixtiozavrning jasadi qoldiqlari bundan 20 yil ilgari Angliya qirg`oqlaridan topilgan bo`lib, shu paytgacha to`liq o`rganilmagan edi.

Paleontolog Sven Saks Quyi Saksoniyaning Gannoverdagi Davlat muzeyi kolleksiyalarini tomosha qila turib, tasodifan jonivorning tosh qotgan jasadi qoldiqlariga ko`zi tushdi va tadqiqot ishlarini boshlab yubordi.

Tadqiqot natijasida olimlar tosh qotgan suyaklar urg`ochi ixtiozavrga tegishli bo`lganligini, u homilador vaqtida halok bo`lganligini aniqlashdi. Ixtiozavrning ichidan embrion qoldiqlari topildi. Olimlarning taxmin qilishicha, hayvonning uzunligi 3-3,5 metrni tashkil etgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar