AsosiyHI-TECH

Ispaniyada gumanoid-robotlarning uchinchi avlodi taqdim etildi (VIDEO)

Barselonaning “PALRobotics” kompaniyasi “REEM” robotlarining uchinchi avlodini taqdim etdi...

Barselonaning “PALRobotics” kompaniyasi “REEM” robotlarining uchinchi avlodini taqdim etdi.

Ushbu robotlar oilasi ustidagi ishlar 2004 yildan buyon Birlashgan Arab Amirliklarining
shayxi tomonidan ajratilgan mablag`lar hisobidan olib borilyapti. Yangi “REEM-S” versiyasining mualliflari ushbu robot "Honda ASIMO”ga raqobatchi bo`lishi mumkinligini qayd etadi. Oldingi versiyalardan farqli o`laroq yangi robotni tadqiqot platformasi sifatida sotib olish mumkin. “PAL Robotics” vakillarining so`zlariga ko`ra, “REEM-C” robotlar harakatidagi muammolarni o`rganish, ob`ektlarni boshqarish va navigasiya uchun mos keladi.

“REEM-C”ning balandligi 165 sm ni, og`irligi 70 kg ni tashkil etadi. Robot erkinlikning 44 ta darajasiga ega. Maksimal harakatlanish tezligi – soniyasiga 28 sm. Robotga ikkita kompyuter, stereokamera, mikrofonlar, dinamiklar va turli sensorlar, shu jumladan, uzoqni o`lchaydigan lazerli qurilmalar o`rnatilgan. Robot litiy-ionli batareyadan quvvat oladi, uning zaryadi aktiv rejimda 3 soatga etadi.

    Boshqa yangiliklar