“Xarvi” to`foni tufayli AQShning Texas shtatida suv toshqini ro`y berib, 30 kishi halok bo`ldi, 5 ming kishi evakuasiya qilindi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Shtatda bir necha kundan beri to`fon quturmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, qidiruv-qutqaruv tadbirlaridan keyin qurbon bo`lganlar soni oshishi mumkin.
“Xarvi” to`fonidan keyin yog`ingarchilik kuchaydi. Shtatning asosiy shahri hisoblangan Xyuston suvga g`arq bo`ldi. Associated Press agentligi bergan xabarga ko`ra, hukumat tomonidan aholi o`z vaqtida evakuasiya qilingani o`rganilmoqda. Chunki bor-yo`g`i 5 ming kishi evakuasiya qilingan.






