AsosiyDunyo

​26 YoShLI BOKS BO`YIChA JAHON ChEMPIONI MAShG`ULOT PAYTIDA VAFOT ETDI

'​26 YoShLI BOKS BO`YIChA JAHON ChEMPIONI MAShG`ULOT PAYTIDA VAFOT ETDI'ning rasmi

Jahon boks federasiyasi (WBF) talqinining yarim engil vazn toifasidagi jahon chempioni, 26 yoshli Anjelik Dyushman vafot etdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Fransiyalik sportchi qiz 28 avgust kuni mashg`ulot paytida o`zini yomon his qilgan, u zudlik bilan kasalxonaga olib borilganligiga qaramay, shifokorlar sportchi qizning hayotini saqlab qololmadi.

Dastlabki taxminlarga ko`ra, jahon chempionining o`limiga o`pka arteriyasining emboliyasi sabab bo`lgan. Dyushman 2017 yilning may oyida vakant unvoniga ega bo`lib, oktyabr oyida ilk himoyasini amalga oshirishi lozim edi. Qizning otasi ham professional bokschi bo`lib, bundan 4 yil ilgari yurak xurujidan vafot etgan edi.

    Boshqa yangiliklar