Rossiyaning Rostov-na-Donu shahridan bo`lgan Mariya Dapirka Vetnam bojxonachilari tomonidan chamadonidagi 2,7 kilogramm giyohvandlik moddasi bilan qo`lga olingan edi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Giyohvandlik moddasi savdosi bilan shug`ullanganligi uchun Vetnam qonunchiligiga asosan o`lim jazosiga hukm qilinadigan qiz onasiga vidiolashuv maktubini bitdi.
“Onajon, men uchun siqilmang. Men yaxshiman, shu bilan birga hamma narsaga tayyorman. Ko`rgani kelishingizga umid qilaman. Sizni ko`rmaganimga ham to`rt yil bo`ldi, judayam sog`indim. Sog`ligingizga e`tiborli bo`ling...”, deyilgan maktubda.
Mariya Deparkaning sudi bugun, 30 avgust kuni Xoshimin shahrida bo`lib o`tadi.
Asli rossiyalik bo`lgan Mariya Deparka 2014 yilda Vetnam bojxonachilari tomonidan 2,7 kilogramm giyohvandlik moddasi bilan qo`lga olingandan beri qamoqda saqlanmoqda.
Qizning aytishicha, topilgan giyohvandlik moddasiga uning hech qanday aloqasi bo`lmagan. Mazkur giyohvandlik moddasi Mariyaning Tailandda tanishgan, nigeriyalik sevgan yigitiga tegishli bo`lgan. Yigit uni Braziliya bo`ylab, romantik sayohatga taklif qilgan va oldindan giyohvandlik moddasi yashirilgan chamadonni sovg`a qilgan.