22.11.2013 10:16
Chegara bojxona kompleksiga vagonlarni tekshiruv skaneri o`rnatildi
Shu munosabat bilan, joriy yilning 20 noyabr kuni mazkur bojxona komlpeksida Davlat bojxona qo`mitasi rahbariyati, AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo`mondonligi, AQShning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirokida taqdimot marosimi bo`lib o`tdi.
Chegara bojxona kompleksiga o`rnatilgan mazkur skanerqurilmasi ham yurtimiz sarhadlari orqali o`tayotgan vagonlar sostavini bir necha soniya ichida to`liq skanerdan o`tkazish imkonini beradi. Bu esa o`z navbatida bojxona ko`rigi samaradorligini yanada oshirib, bojxona ko`rigi uchun ketadigan vaqtning sezilarli darajada qisqarishiga xizmat qiladi.
Eslatib o`tamiz, bir yil muqaddam Yaponiya hukumatibilan hamkorlikda viloyatdagi yana bir - “G`alaba” temir yo`l chegara bojxona postiga ham qiymati 3,4 mln. AQSh dollarini tashkil qiluvchi shu turdagi skaner qiluvchi qurilmasi o`rnatilgan edi.
O`tgan davr mobaynida mazkur qurilma ko`magida 27,4mingdan ortiq temir yo`l yuk vagonlari o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazilib, qiymati 1 mlrd. so`mga yaqin bo`lgan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy olib o`tilishining oldi olindi.
Bojxona faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan birihisoblanuvchi kontrabandaga qarshi kurashish sohasida yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanmasdan turib, ijobiy natijalarga erishish qiyin.
Giyohvandlik va psixotrop moddalar, kuchli ta`sir qiluvchi zaharli va zaharlovchi, radioaktiv, portlovchi moddalar, qurol-yaroq, o`q-dori va portlatuvchi qurilmalarni fosh etishda zamonaviy rengen apparatlari, giyohvand moddalarni idensifikasiyalash va radiasion nazorat qilish vositalari, avtomobil tarozilari, murakkab ko`rikdan o`tkazish majmualaridan foydalanish keng yo`lga qo`yilmoqda.
Xususan, O`zbekiston Respublikasi chegara bojxonapostlarini katta hajmdagi yuk va avtotransport vositalarini, temir yo`l vagonlarini skaner qiluvchi qurilmalar bilan ta`minlash maqsadida chet el investisiyalari va grant mablag`larini jalb qilish bo`yicha Davlat bojxona qo`mitasi tomonidan qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, O`zbekiston va AQSh Hukumatlari o`rtasida 2001yilda imzolangan Giyohvand moddalarni nazorat qilish va huquqni qo`llash bo`yicha Bitimga joriy yil 1 fevralda kiritilgan qo`shimchaga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasidagi “Qoraqalpog`iston” temir-yo`l bojxona posti va Surxondaryo viloyatidagi “Ayritom” chegara bojxona kompleksini temir yo`l vagonlarini skaner qiluvchi, qiymati 6 mln. AQSh dollarini tashkil qiluvchi nazorat-ko`rik majmualari bilan ta`minlash ko`zda tutilgan edi.





