AsosiyDunyo

PXUKET OROLI PLYaJIDA 3 METRLI TIMSOH PAYDO BO`LDI

'PXUKET OROLI PLYaJIDA 3 METRLI TIMSOH PAYDO BO`LDI'ning rasmi

Tailandning Pxuket oroli mahalliy ma`muriyati Bang Tao plyajida paydo bo`lgan uch metrli timsohni qidirish ishlari bilan shug`ullanmoqda, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Timsohni sayyohlar dron yordamida suratga tushirdi va rasmni mahalliy ma`muriyatga topshirdi. Pxuket gubernatori Norapxat Plottxong sayyohlarga hech nimadan qo`rqmaslikni, qisqa muddatlarda timsoh qo`lga olinishini ma`lum qildi.

Nashrning xabar berishicha, Pxuket oroli plyajida mazkur voqea ilk marotaba ro`y berayotgani yo`q. 2013 yilda ham orol qirg`og`ida timsoh paydo bo`lgan edi. Ekspertlarning fikricha, yangi “mehmon” yaqin o`rtada joylashgan timsoh fermasidan yoki xususiy hayvonot bog`idan qochgan.

    Boshqa yangiliklar