AsosiyDunyo

​AMANSIO ORTEGA FORBES TALQINI BO`YIChA BILL GEYTSNI ORTDA QOLDIRDI

'​AMANSIO ORTEGA FORBES TALQINI BO`YIChA BILL GEYTSNI ORTDA QOLDIRDI'ning rasmi

Inditex konserni asoschisi va Zara savdo belgisi egasi bo`lgan Amansio Ortega daromadi orqali dunyoning eng boy odami hisoblangan Microsoft asoschisi Bill Geytsni ortda qoldirdi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

Ortega hisobida ayni vaqtda Geytsnikidan 200 mln dollar ko`proq mablag` – 85 mlrd dollar bor. Geyts 4,6 milliard dollarni xayriya fondiga o`tkazgandan keyin uning boyligi sezilarli darajada kamaygan.

Ortega 2016 yil sentyabri va 2015 yil oktyabrida ham Geytsni ortda qoldirishga muvaffaq bo`lgandi.

Ortega milliarder maqomiga erishish yo`lini Camiseria Gala do`konida savdolar bo`yicha yordamchi lavozimidan boshlagan. Keyinchalik u do`konda sotuvchi va boshqaruvchi lavozimlarida ishlagan. U 1975 yilda Ispaniyaning La-Korunyasida Zara brendi ostidagi birinchi do`konini ochgan. Hozirda esa uning xoldingiga dunyoning 88 ta davlatida 6750 ta do`kon tegishlidir.

    Boshqa yangiliklar