Nigeriya shimoliy-sharqiy qismida “Boko haram” terrorchilik tashkilotchi jangarilari hujumi oqibatida 18 nafardan ortiq odam halok bo`ldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Jangarilar pichoq bilan qurollangan holda kechasi Banki shahri aholisiga hujum qildi. May oyida 2014 yilda Chiboke shahridan o`g`irlangan 82 nafar o`quvchi qizlar ozod qilindi. Ular “Boko haram” terrorchilik guruhi jangarilariga almashtirildi.






