AsosiyDunyo

​OMMAVIY RAVIShDA O`Z JONIGA QASD QILIShNI TARG`IB QILAYoTGAN 17 YoShLI ARGENTINALIK YIGIT QO`LGA OLINDI

'​OMMAVIY RAVIShDA O`Z JONIGA QASD QILIShNI TARG`IB QILAYoTGAN  17 YoShLI ARGENTINALIK YIGIT QO`LGA OLINDI'ning rasmi

Ispaniya polisiyasi ijtimoiy tarmoqlarda butun dunyo yoshlarini ommaviy ravishda qotillikka undagan 17 yoshli, argentinalik yigitni qo`lga oldi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.

Baskoniya polisiyasi (Ertzaintza) o`smir yigitning rejasini chippakga chiqardi. Yigit ijtimoiy tarmoqlardagi xalqaro guruh a`zolarini 2017 yilning oxirida ommaviy ravishda o`z joniga qasd qilishga undadi. Shundan keyin polisiya yigit ommaviy qotillik sanasini 17 avgustga – o`rtog`ining vafot etgan kuniga mo`ljallayotganligini aniqladi. Ommaviy ravishda o`z joniga qasd qilishni targ`ib qilayotgan yigit Argentinadi yashashi ma`lum bo`ldi.

Ertzaintza polisiyasi Interpol orqali Argentina huquq-tartibot idorasi xodimlari bilan bog`lanib, belgilangan sanadan olti kun ilgari — 11 avgust kuni yigitni San-Xose shahridagi uyida qo`lga oldi. Gumonlanuvchining uyidan pichoq va tig` (lezvie), qonga botirilgan doka topildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar