AQShning Los-Anjeles okrugida tabiiy yong`in tufayli favqulodda holat tartibi e`lon qilindi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
AQShning Kaliforniya shtati gubernatori Jerri Braun Los-Anjeles okrugida o`rmon yong`inlari tufayli favqulodda holat e`lon qildi.
Gubernator Los-Anjeles okrugida La-Tuna kanonidagi yong`in oqibatlari tufayli favqulodda holat kiritilishi haqida bayonot berdi. Yong`in ming gektarga erga zarar etkazib, uylar, muhim infratuzilmaga xavf tug`dirmoqda, shuningdek, insonlarning evakuasiyasiga sababchi bo`ldi.
Associated Press’ning xabar qilishicha, yong`in oqibatida uchta uy yonib kulga aylangan, 1 400 kishi xavfsiz joyga ko`chirilgan.
Ta`kidlanishicha, yong`in maydoni 20 ming kvadrat metrga etdi.
CNN telekanalining ma`lumot berishicha, yong`inni o`chirishda mingdan ortiq o`t o`chiruvchi ishtirok etdi.






