Ijtimoiy tarmoqlarga shahar ko`chalaridan birida ketayotgan ayolni orqasidan kelib, buqa suzgani aks etgan video joylashtirildi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Kadrda piyodalar yo`lagidan qarama-qarshi tomonga o`tayotgan ayolning ortidan kelgan buqa uni suzib, osmonga irg`itgani aks etgan.
Yahoo News portalining ma`lumot berishicha, rolik Live Leak saytiga juma kuni joylashtirilgan. Do`kon vitrinasidagi yozuvlardan voqea Turkiyada ro`y berganligini bilish mumkin. Ayolning sog`lig`i haqida hech narsa ma`lum emas.