Ukraina armiyasi jangovor to`ng`izlarni xizmatga oldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Askarlarning ma`lumot berishicha, to`ng`izchalar hududlarni qo`riqlashda ularga katta yordam bermoqda. To`ng`izlar dushmanning yaqinlashayotganini sezsa, turli xil ovoz chiqaradi.
Harbiy xizmatchilarning aytishicha, to`ng`izlar frontda itning o`rnini bosadi. Ularning yog`i “kamligi” uchun iste`mol qilinmaydi. Yovvoyi to`ng`izlar ukrainalik harbiylarga Donbass hududini qo`riqlashda yordam bermoqda. Bu haqda “Ukraina harbiy televideniesi” xabar berdi.






