Bugun Xitoyning Syamen shahrida BRIKS sammiti boshlandi. Anjuman mehmonlarini Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin kutib oldi. Dastlab Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va JAR etakchilari birgalikda suratga tushish marosimida ishtirok etishdi. Shundan so`ng birinchi yalpi masjlis boshlandi, deya xabar berdi “O`zbekiston24” telekalani sayti.
Muzokaralar yopiq eshiklar ortida o`tmoqda. Yaqin daqiqalarda kengaytirilgan tarkibdagi yig`ilish bo`lib o`tadi. Ko`riladigan asosiy mavzular Koreya yarimorolidagi vaziyat, milliy xavfsizlik va rivojlanish masalalari, BRIKSga a`zo davlatlar hamkorligi, gumanitar almashinuvlar va madaniyat sohasidagi hamkorlik. Sammit yakuniga ko`ra Syamen deklarasiyasi qabul qilinadi.
BRIKS guruhi 2006 yil iyunda Peterburg xalqaro iqtisodiy anjumani vaqtida tuzilgan. O`shanda unga Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kirgan. Guruhning birinchi sammiti 2009 yilda o`tgan. 2011 yil fevralda guruhga Janubiy Afrika Respublikasi qo`shilgan.






