Rossiyaning Voronej viloyatida 20 ta avtomobil ishtirokida ommaviy YTH sodir bo`ldi, deb xabar berdi Russian.rt.com nashri.
Kecha mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da, Voronej viloyatining M4 yo`lidagi 631 kilometrda yuk mashinasi va 20 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi. Jabrlanganlar orasida 2012 yilda tug`ilgan qizcha ham bor. U kasalxonaga yotqizildi. Qurbonlar yo`q.






