O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo`yicha dastlabki choralar to`g`risida»gi Farmonga imzo chekkani, unga ko`ra, 2017 yil 5 sentyabrdan O`zbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslardan valyuta almashtirish shaxobchalarida erkin ravishda valyuta sotib olish boshlanishi hakida avval xabar bergandik.
Shunga asosan 5 sentyabrdan O`zbekistonda dollarning kursi 3889 so`m 65 tiyinga oshdi va 1 AQSh dollari qiymati 8100 so`m etib belgilandi.
1 evro qiymati 4678,6 so`mga oshib, 9645 so`m 48 tiyinga etdi.