1

13 ta mamlakatda “Xbox One” konsoli savdoga chiqarildi

Hi-tech 23.11.2013, 11:02
13 ta mamlakatda “Xbox One” konsoli savdoga chiqarildi
“Microsoft” kompaniyasi yangi “Xbox One” konsolini taqdim etdi.

Tantanali marosim London,Nyu-York va Los-Anjeles shaharlarida bo`lib o`tdi. Hozir 13 ta mamlakat geymerlari yangi o`yin pristavkasini xarid qilish uchun navbatga turmoqda.


Evropaliklar “Xbox One” konsolini 5 kundan keyin 29 noyabrdan boshlab xarid qilishi mumkin. Qayd etish joizki, bir hafta oldin yana bir uzoq kutilgan "PlayStation 4” konsolining savdolari boshlangan edi. Savdolarning dastlabki kunidayoq bir milliondan ortiq "PlayStation 4” o`yin pristavkalari sotilgan.

Hozir ekspertlar navbatdagi raqobat “urushida” kim g`olib chiqishini bashorat qilmoqda, biroq hozircha hech kim aniq javobni berolmayapti, chunki o`yin pristavkalari deyarli bir xil
jihozlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1