AsosiyDunyo

​QUYoShDA SO`NGGI 12 YILDAGI KUChLI ChAQNASh YuZ BERDI

'​QUYoShDA SO`NGGI 12 YILDAGI KUChLI ChAQNASh YuZ BERDI'ning rasmi

Olimlar Quyosh yuzasida qayd etilgan so`nggi 12 yildagi chaqnash magnit bo`roni yuzaga kelishiga olib keladi va buning oqibatlari Erga ta`sir qilishini ma`lum qilishdi.

Olimlarning so`zlariga ko`ra, bu yulduzda yuz berayotgan o`zgarishlarning qonuniy natijasi, Quyosh izlarining o`zaro ta`siri natijasida energiya yig`ilib, bo`shatildi.

Kuzatilgan portlash Quyoshning Erga qaragan qismida yuz berdi, shu sababli uning sayyoramizga ta`siri katta bo`ladi.

Bunday chaqnashni Quyosh bir necha yilda bir marta yuzaga keltirishi mumkin, buning natijasida erliklar bosh og`rig`i va charchoq his qilishlari mumkin. Shu bilan birga olimlar ushbu chaqnash ta`siri qancha vaqt sezilishi mumkinligini bilishmayapti.

Bundan tashqari, magnit bo`roni elektruskunalarining ishida jiddiy uzilishlarga olib kelishi mumkin. Xususan sputnik texnologiyalariga.

    Boshqa yangiliklar