1

«Odnoklassniki» chehralarni taniy boshladi

Hi-tech 23.11.2013, 14:21
«Odnoklassniki» chehralarni taniy boshladi
"Odnoklassniki" ijtimoiy tarmog`ida chehralarni tanib olish funksiyasipaydo bo`ldi.

Yangi servis portretlarda ham, jamoali fotosuratlarda ham bosh birozegik bo`lgan holatda bo`lganida ham inson chehrasini tanib olishga qodir.

Loyiha rahbariyatitanib olish mexanizmi do`stlarning fotosuratda qayd etilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirishiga umid qilmoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ijtimoiy tarmoq ma`lumotlariga ko`ra, "Odnoklassniki"ga foydalanuvchilar tomonidan har kuni 12-18 million fotosurat yuklanadi.  Bunda 7 millionta surat shaxsiy bo`lib, ular moderasiya qilinadi. Fotosuratlarning taxminan 10% tekshiruvdan o`tmaydi.  Rossiyaning eng mashhur ijtimoiy tarmog`iga kunduzi tashrif buyuruvchilar soni 40 million kishini tashkil etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1