Og`riq qo`rquvi uning o`zidan kuchliroq

Salomatlik 23.11.2013, 16:08
Og`riq qo`rquvi uning o`zidan kuchliroq
Odam uchun og`riqni kutish og`riqning o`zidan ham qo`rqinchliroq bo`lib chiqdi. Aynan shu bois odamlar u tezroq yuz berishi uchun hamma narsaga tayyor, deb yozadi “Medical Xpress”.

Londonlik olimlar tomonidan o`tkazilgan tadqiqot davomida surunkali og`riqlar va jarohat asoratlaridan aziyat chekayotgan 30 nafar ko`ngilliga ikki xil jazo turidan bittasini (elektr toki yoki stomatologik prosedura keltirib chiqaradigan og`riqli stimullar) tanlash
taklif etilgan.

Tadqiqot muallifi Jils Storining so`zlariga ko`ra, ko`ngillarning ko`pchiligi qaysi sinov tezroq va og`riqsizroq bo`lsa, shuni tanlagan. Ularning ba`zilari “og`riqli hislarni keyinroqqa surish” istagini ham bildirgan. Biroq olimlar ularga kutish vaqti haqida eslatganida, ular o`z fikrini “kuchli, ammo tez og`riq” foydasiga o`zgartirgan. Olimlar og`riqni kutish jarayoni azoblarning asosiy sababchisi hisoblanishini qayd etadi. Uzoq vaqt u yoki bu kasallikdan aziyat chekuvchi odamlar kutish azobi og`riqning o`zidan ham yomonroq ekanini bildiradi. mualliflarning so`zlariga ko`ra, “qo`rquvning shakllanish mexanizmlarini aniqlash uchun qo`shimcha  adqiqotlarni o`tkazish zarur”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1