To`satdan vafot etgan 13 yoshli ingliz qizi Jemayma Leyzellning organlari sakkiz kishiga o`tkazildi, bu holat insoniyat tarixida rekord sanaladi. Qizning o`limiga miya anevrizmi sabab bo`ldi.
Jemayma 2012 yilda xushidan ketgach to`rt kundan so`ng xushini yo`qotgan, ammo uning tarixi ingliz matbuotining e`tiboriga endi tushdi. O`limidan oldin qiz ota-onasiga donorlik g`oyasini qo`llab-quvvatlashini aytgan. Bunga sabab ularning oilalarini yaqin do`sti avtohalokatda vafot etgani bo`lgan.
Jemaymaning ota-onasi qizlarini organlar donori ro`yxatiga qo`shishdi. Natijada uning o`limidan so`ng qizning yuragi, ingichka ichagi, oshqozon osti bezi, ikkita buyragi, ikkta o`pka va jigari odamlarga o`tkazildi. Bu hodisa bir odamdan o`tkazilgan organlar soni bo`yicha Buyuk Britaniyada rekord sanaladi.






